Daily Archives: Yanvar 21, 2020

Humo Air aviakompaniyasi tariflari amaldagidan ancha arzon bo‘ladi

Abdulla Aripov 2020-yilda davlatga qarashli Humo Air aviakompaniyasi tashkil etilishini e’lon qildi, uning tariflari amaldagidan ancha arzon bo‘ladi.

O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga nomzod Abdulla Aripov 2020-yilda Humo Air davlat aviakompaniyasi tashkil etilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz” muxbiri.


“Aviatsiya sanoatida raqobat muhitini yaratish uchun bu yil Humo Air davlat aviakompaniyasi ishga tushiriladi”, dedi Abdulla Aripov shanba kuni Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Siyosiy Kengashining yig‘ilishida hukumat rahbari sifatida ish rejasini taqdim etar ekan.


“Mazkur aviakompaniya tomonidan davstlab respublikamiz ichida, yana qaytarib o‘taman — ichida amaldagidan ancha arzon narxlarda muntazam aviareyslar qatnovini amalga oshirish masalasini muhtaram prezidentimiz hukumatimiz oldiga keskin qo‘ydi va buni men o‘ylaymanki, 2020-yilda biz uni, albatta, tashkillashtirib, bajaramiz”, — dedi Abdulla Aripov yig‘ilish qatnashchilari qarsaklari ostida.

Uning ta’kidlashicha, hukumat, shuningdek, Samarqand va Termiz aeroportlarini rekonstruksiya qilishni va amaldagi “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining samolyotlar parkini yangilashni rejalashtirmoqda.

Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2020/01/18/humo-air/