Daily Archives: Yanvar 28, 2020

Yoshlar bilan uchrashuv

Termiz xalqaro aeroporti Yoshlar ittifoqi yetakchisi tashshabusi bilan Surxondaryo viloyati Davlat bojxona qumitasi va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Termiz shahar Kengashi hamkorlikda 2020-yil 27–yanvar kuni Termiz xalqaro aeroporti Aerovokzal majmuasida, Termiz shahridagi 19-umumiy o’rta – ta’lim maktabini 2020-yilda bitiruvchi 30 nafar oʻquvchi yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.


Uchrashuvda bitiruvchi yoshlarni kelajakda vatanga nafi tegadigan komil inson, oʻz kasbining yetuk mutahasisi yetishtirish maqsadida, aeroportning aerovokzal majmuasida sayohat tashkillashtirildi.

Sayohat davomida oʻquvchi yoshlarga aeroportning uchish – qoʻnish maydoni va havo kemalari turargohi tanishtirildi. Shu bilan birga Termiz aeroportiga uchib kelgan Boeing – 757 havo kemasi bilan tanishtirildi.

Ularga Boeing havo kemasi va zamonaviy aerovokzal kompleksi haqida ma’lumotlar berildi.

Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan fikr almashishdi. Ayniqsa yoshlarga havo kemalari va ularni boshqaruvchi uchuvchilar bilan qiziqishdi.


Yoshlardan Annaqulov Bobomurod Qaxramon oʻg’li maktabni tugatgandan keyin oʻz bilimini uchuvchilik bilim yurtiga sinab koʻrishga qaror qildi, Jovlieva Marjona esa aeroportda xizmat vazifasini oʻtayotgan bojxona ishlaydigan qizlarga havas qilib, bojxona xodimi boʻlishga qaror qildi.

Uchrashuv oʻta yaxshi kayfiyatda va koʻtarinki ruhda oʻtdi.

«Termiz xalqaro aeroporti»
Yoshlar ittifoqi yetakchisi J. Imomov