Monthly Archives: Mart 2020

Hurmatli yo’lovchilar!

2020-yil 24-martdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi barcha respublika ichidagi aviaqatnovlarini noma’lum muddatga bekor qilishi haqida xabar beradi.

Aviakompaniya ushbu vaziyatni tushunishingizni so’raydi, shuningdek, qatnovlar qayta tiklanganidan keyin aviachiptalaringizni istalgan sanaga qayta bron qilish imkoniyati mavjudligi haqida eslatib o’tadi.

Sizga keyingi o’zgarishlar haqida xabar berib turamiz. Yangiliklarni uzairways.com veb-saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Manba: Uzbekistan Airways AJ rasmiy telegram kanali.

Bekor qilingan qatnovlarga aviachiptalarni qaytarish

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bekor qilingan qatnovlariga aviachiptalarni sotib olingan joyda qaytarish mumkinligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, aviachiptalarni 2020-yil 5-apreldan keyin bo’lgan boshqa sanalarga almashtirish ham mumkin.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan COVID-19 coronavirusining birinchi holati aniqlab olilganligidan so’ng, boshqa mamlakatlar bilan avia va avtoyo’nalishlarni yopishi sababli 2020-yil 16-martdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasining xalqaro yo’nalishlari bo’yicha bo’lgan qatnovlari bekor qilinadi.

Uzbekistan Airways: bekor qilingan reyslar uchun chiptalarni topshirishda jarimalar va sanksiyalar bo‘lmaydi

Uzbekistan Airways bekor qilingan reyslar uchun chiptalarni topshirishda jarimalar va sanksiyalar bo‘lmasligini bildirdi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘z rasmiy sahifasida yo‘lovchilarga maxsus murojaat bilan chiqdi.

«Ayni paytda bizga aviachiptalarni topshirish va qayta bronlash masalasida ko‘plab murojaatlar va so‘rovlar kelib tushmoqda. Bizning xodimlarimiz ularning barchasini tezda hal qilish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishmoqda.

Bekor qilingan qatnovlarga bo‘lgan chiptalarni topshirish yoki cheklovlar bekor qilinganidan keyin amalga oshiriladigan aviakompaniyamizning qatnovlariga qaytadan bron qilishni istagan barcha yo‘lovchilar buni jarimalar va sanksiyalarsiz amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Biz aviakompaniyamizga bo‘lgan ishonchingizni juda yuqori baholaymiz, shuning uchun eng samarali yechimlarni topish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz. Sizning tushunishingiz, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlashingizga umid qilamiz», deyiladi unda.

Joriy o‘zgarishlar va yangiliklar haqidagi barcha ma’lumotlarni uzairways.com sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari orqali kuzatish mumkin:

Telegram — https://t.me/uzbekistanairways

Instagram — www.instagram.com/uzairways/

Facebook — https://www.facebook.com/uzairways.official/

#Uzbekistan Airways

E’LON!

Mart oyida bekor qilingan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskvadan Toshkentga va O’zbekistonning boshqa shaharlariga bo’lgan qatnovlarga chipatalarni xarid qilgan yo’lovchilar diqqatiga.

2020-yil 17-mart kuni Toshkent-Moskva-Toshkent yo’nalishi bo’ylab chet el fuqarolarini Moskvaga va O’zbekiston fuqarolarini Moskvadan Toshkentga olib chiqish uchun qatnov amalga oshiriladi. Toshkentdan ketish vaqti — soat 10:00 da, Moskvadan — soat 13:00 da, mahalliy vaqt bilan.

Tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun biz birinchi navbatda 16, 17, 18-mart kunlari bekor qilingan qatnovlarning yo’lovchilari qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

Ushbu reys bilan Toshkentga kelgan yo’lovchilar kelishi bilan vaqtincha joylashtirish punktiga jo’natiladi. Shu munosabat bilan ularni Toshkent shahri aeroportida kutib olmaslikni so’raymiz.

Yo’lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishi masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga +998 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qiling.

«Termiz xalqaro aeroporti» МЧЖда оператив штаб ташкил қилинди

Ҳурматли йўловчилар!
Барча халқаро ва МДҲ давлатларига учадиган парвозлар бекор қилинганлиги муносабати билан, парвозларга оид саволларга ўз вақтида ва аниқ жавоблар бериш мақсадида «Termiz xalqaro aeroporti» МЧЖда оператив штаб ташкил қилинди. Парвозларга ва сотиб олинган чипталар оид барча саволларингизни қуйидаги аэропорт ходимларига қўнғироқ қилиб беришингиз мумкин:
Аэропорт директори ўринбосари Джаббаров Н.Н. тел: +998 99 676 77 05, +998 93 790 77 05.
АИЧДХ бошлиғи Тилявов Б.Б. тел: +998 99 677 15 54.
ТТХ бошлиғи Абдурахманов Б.А. тел: +998 93 790 36 63.
ПХ инспектори Джумакулов А.А. тел: +998 99 710 90 64.
АХ бошлиғи Хикматов Д.Ю. тел: +998 99 379 76 64, +998 91 578 18 26.
Врач Нурматов Ш.С. тел: ++998 93 794 36 03.
АВМ катта назоратчиси Чориев У.Н. тел: +998 91 901 07 00, +998 94 200 07 00.
«Uzbekistan airways» АЖ координаторлари:
Норгучов Ф.К. тел: +998 99 675 31 31.
Муминов Ж.Ю. тел: +998 90 245 00 07.
Оператив штаб кечаю кундуз ишлайди.
Аэропорт матбуот котиби