Termiz xalqaro aeroporti

Termiz xalqaro aeroporti

Общество с ограниченной ответственностью “Termez xalqaro aeroporti ”является структурным подразделением АО “Uzbekistan airports” More »

Площадь Алишера Навои и Дворец бракосочетания

Площадь Алишера Навои и Дворец бракосочетания

Площадь Алишера Навои и Дворец бракосочетания More »

Дворец искусства

Дворец искусства

Дворец искусства More »

Археологический музей

Археологический музей

Археологический музей - единственный в Центральной Азии. More »

Ансамбл Султон Саодат

Ансамбл Султон Саодат

Ансамбл Султон Саодат More »

 

E’LON!

Sharja/Dubaydan Toshkentga bo’lgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining mart oyida bekor qilingan qatnovlarning yo’lovchilari uchun ma’lumot.

2020-yil 17-mart kuni Uzbekistan Airways chet ellik fuqarolarni BAAga olib chiqish va O’zbekiston fuqarolarini BAAdan Toshkentga olib kelish uchun quyidagi qatnovlarni amalga oshiradi:

HY331/332 — Toshkent – Sharja/Dubay – Sharja. Toshkentdan ketish vaqti — soat 8:25 da, Sharjadan — soat 12:30 da, mahalliy vaqt bilan.

Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun, birinchi navbatda 16, 17, 18-mart kunlari bekor qilingan qatnovlar yo’lovchilari qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

Shu bilan birga BAAga uchib ketish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining amaldagi migratsiya qoidalariga muvofiq barcha kerakli hujjatlarga ega bo’lish kerakligi haqida eslatib o’tamiz.

Ushbu qatnov bilan Toshkentga kelgan yo’lovchilar kelishi bilan vaqtincha joylashtirish punktiga jo’natiladi. Shu munosabat bilan ularni Toshkent shahri aeroportida kutib olmaslikni so’raymiz.

Yo’lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishi masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga +998 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qiling.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan