Daily Archives: Mart 19, 2020

Bekor qilingan qatnovlarga aviachiptalarni qaytarish

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bekor qilingan qatnovlariga aviachiptalarni sotib olingan joyda qaytarish mumkinligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, aviachiptalarni 2020-yil 5-apreldan keyin bo’lgan boshqa sanalarga almashtirish ham mumkin.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan COVID-19 coronavirusining birinchi holati aniqlab olilganligidan so’ng, boshqa mamlakatlar bilan avia va avtoyo’nalishlarni yopishi sababli 2020-yil 16-martdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasining xalqaro yo’nalishlari bo’yicha bo’lgan qatnovlari bekor qilinadi.

Uzbekistan Airways: bekor qilingan reyslar uchun chiptalarni topshirishda jarimalar va sanksiyalar bo‘lmaydi

Uzbekistan Airways bekor qilingan reyslar uchun chiptalarni topshirishda jarimalar va sanksiyalar bo‘lmasligini bildirdi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘z rasmiy sahifasida yo‘lovchilarga maxsus murojaat bilan chiqdi.

«Ayni paytda bizga aviachiptalarni topshirish va qayta bronlash masalasida ko‘plab murojaatlar va so‘rovlar kelib tushmoqda. Bizning xodimlarimiz ularning barchasini tezda hal qilish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishmoqda.

Bekor qilingan qatnovlarga bo‘lgan chiptalarni topshirish yoki cheklovlar bekor qilinganidan keyin amalga oshiriladigan aviakompaniyamizning qatnovlariga qaytadan bron qilishni istagan barcha yo‘lovchilar buni jarimalar va sanksiyalarsiz amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Biz aviakompaniyamizga bo‘lgan ishonchingizni juda yuqori baholaymiz, shuning uchun eng samarali yechimlarni topish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz. Sizning tushunishingiz, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlashingizga umid qilamiz», deyiladi unda.

Joriy o‘zgarishlar va yangiliklar haqidagi barcha ma’lumotlarni uzairways.com sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari orqali kuzatish mumkin:

Telegram — https://t.me/uzbekistanairways

Instagram — www.instagram.com/uzairways/

Facebook — https://www.facebook.com/uzairways.official/

#Uzbekistan Airways

Tezkor shtab tashkil etildi

O’zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi sababli parvozlarning to’xtatilishi munosabati bilan, 15 mart 2020 yildan boshlab, O’zbekiston Respublikasining aeroportlarida fuqarolarning parvozlar bilan bog’liq murojaatlari uchun tezkor shtab tashkil etilganligi haqida xabar beramiz. Fuqarolar quyida keltirilgan markaziy telefon raqamlariga kun davomida murojaat qilishlari mumkin.

Buxoro aeroporti +998939600029, +998652289106.

Qarshi aeroporti +998907221125.

Navoiy aeroporti +998933104400, +998935553792.

Namangan aeroporti +998782230250, +998692286925

Nukus aeroporti +998913753070, +998905749978.

Samarqand aeroporti +998979288686, +998662323641

Toshkent aeroporti +998781403173.

Termiz aeroporti +998996767705, +998937907705.

Urganch aeroporti +998999195555.

Farg’ona aeroporti + 998732260015, + 998732290015.