“Termiz xalqaro aeroporti” ma’suliyati cheklangan jamiyati “Uzbekistan Airports” Aksiyadorlik jamiyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Termiz shahri – O’zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatining ma’muriy markazi.                                                                                                                                                                                                     Termiz O’zbekistonning janubida joylashgan bo’lib, g’arbda Turkmaniston, sharqda Tojikiston va janubda Afg’oniston bilan chegaradosh.

Iqtisodiy jihatdan Surxondaryo viloyati  ham tez suratlarda rivojlanib bormoqda. Zamonaviy, ko`hna  va  navqiron Termiz  Al Hakim at – Termiziy, Fayoztepa va Qoratepa, Eski Termiz yodgorliklari, Qirq Qiz qal’asi, Kokildor ota kabi madaniy yodgorliklari bilan nafaqat mamlakatimiz balki xorijlik tarixchilar, arxeologlar va sayyohlarning e’tiborini tortmoqda.

Termiz aeroporti – O’zbekiston Respublikasidagi eng yirik aviatsiya korxonalaridan biri.                                                                                                                                                                                                      Termiz  xalqaro aeroportining asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:

– havo kemalariga yerusti servis xizmati ko’rsatish;
– yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish;
– yuklarni qayta ishlash;
– pochtani qayta ishlash.

O’tkazish hajmi – soatiga 600 yo’lovchi.

Aeroport  tunu-kun davomida ishlaydi va sharqiy va g’arbiy barcha turdagi yolovchi va yuk tashishga moljallangan(Boeing 757, Il-76 rusumidagi) samolyotlarni, shuningdek barcha turdagi vertolyotlarni qabul qiladi.

Termiz aeroportida «ISO 9001: 2015« xalqaro standartiga muvofiq «Sifat menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikati» mavjud.

Samolyotlarga xizmat ko’rsatadigan maxsus avtotransport parkini yangilash bo’yicha doimiy ishlar olib borilmoqda.

Nazorat-o’tkazish punktlarida zamonaviy xavfsizlik uskunalari o’rnatildi.

Termiz aeroportida samolyotlarga texnik xizmat ko’rsatish va ulardan foydalanish xalqaro «ICAO« standartlariga javob berish imkoniyati mavjud.

Aeroportdan Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlariga va muntazam ravishda Evropa va Osiyoga charter reyslari mavjud. Yildan yilga trafik hajmi ortib bormoqda.

Terminal binosida quyidagilar joylashgan:

Keng kutish xonalari;

Pasport, bojxona, chegara nazorati, sutka davomida ishlaydi;

· Ma’lumot xizmati;

Aviachiptalarni sotish va bronlash uchun kassalar;

· Ona va bola xonalari;

· Namozxonalar

Bufet;

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari;

Rasmiy delegatsiyalar uchun xizmat xonasi.

Axborot texnologiyalarining rivojlanishi, shuningdek, yo’lovchilarga tezroq va qulay xizmat ko’rsatish uchun elektron chipta savdosi va yo’lovchilarni ro’yxatga olish texnologiyalari global SDCS tizimida amalga oshiriladi.